Business Finans tadbirkorlar biznes guruhi
Biz hamkorlik, tajriba va bilim almashishni qo’llab-quvvatlaymiz, shu bilan birga bir-birimizga biznes harakatlarimizda yaxshiroq bo’lishga yordam beramiz!
Muvaffaqiyatga boshqalarga yordam berishni chin dildan istaganlargina erishadi. Faqat o’zining foydasini o’ylovchilar esa mag’lubiyatga tayyorlanaversinlar.
Guruh maqsadi
“Biznesimizni Allohning farzlariga va Payg‘ambarimiz (s.a.v) sunnatlariga amal qilgan holda boshqarish orqali insonlarga manfaat beramiz!”
Guruh qadriyatlari
O‘zaro hurmat va bag‘rikenglik
Biz xilma-xillikni qadrlaymiz va har bir ishtirokchining fikriga hurmat qilamiz. Guruhimiz xavfsiz joy bo‘lib, har kim fikr va his-tuyg‘ularini bemalol ifoda etadi.
Hamkorlik
Biz hamkorlik, tajriba va bilim almashishni qo‘llab-quvvatlaymiz, shu bilan birga bir-birimizga biznes harakatlarimizda yaxshiroq bo’lishga yordam beramiz! Muvaffaqiyatga boshqalarga yordam berishni chin dildan istaganlargina erishadi. Faqat o’zining foydasini o’ylovchilar esa mag’lubiyatga tayyorlanaversinlar.
Shaxsiy o‘sish
Biznes va shaxsiy rivojlanishda doimiy o‘rganish, yangi g‘oya va texnologiyalarni tadqiq qilish, innovatsion yondashuvlarni rag‘batlantiramiz.
Halollik
Biz halollikni muvaffaqiyatli biznesning asosi deb bilamiz va barcha faoliyatimizda axloqiylikni birinchi o‘ringa qo‘yamiz.
Omonatdorlik va ijobiy muhit
Biz ijobiy, do‘stona va ilhomlantiruvchi muhit yaratamiz, bu yerda har bir ishtirokchi to‘siqlarni yengib, yangi cho‘qqilarni zabt etishga ilhomlanadi.
Guruh boshqaruv tizimi
- Guruh boshqaruv kengashi tomonidan boshqariladi.
- Kengash 2 kishidan iborat va har 6 oyda o‘zgaradi.
- A’zolar anonim so‘rovnoma orqali saylanadi.
Guruh strategiyasi
- Ishlab turgan bizneslarga tashriflar.
- Har oyda 1 marta tajribali mutaxassislar bilan biznes suhbat.
- Har 2 haftada 1 marta online uchrashuv.
- Har 2 oyda 1 marta kechki ovqat formatida yig‘ilish.
- Har oyda 1 ta kitob o‘qish va muhokama qilish.
- Har 6 oyda 1 marta tog‘da dacha formatida yig‘ilish.
- Har 2 yilda 1 marta chet davlatlarga biznes sayohat.
Guruh majburiyatlari va ichki qoidalari
Spikerga hurmat, savollarni navbat bilan berish.
Guruh a’zosining savoliga javob qaytarish, e’tiborsiz qoldirmaslik.
Yosh, mansab, darajadan qat’i nazar — bir-biriga hurmatda bo‘lish.
Past saviyali gaplar, g‘iybat va haqorat taqiqlanadi.
Fikr bildirganda hurmatni saqlash, kamsitmaslik.
Qonunga zid yoki taqiqlangan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.
Guruh so‘rovlari va savollariga 24 soat ichida javob berish.
Tug‘ilgan kun tabriklari faqat juma kuni yoziladi.
Guruh moliyasi
- Moliyaviy mablag‘ a’zolar tomonidan shakllantiriladi.
- Xarajatlar boshqaruv kengashi tomonidan rejalashtiriladi.
- Yig‘ilishlar, safarlar xarajatlari faqat qatnashishini bildirganlardan olinadi.
- Qatnashmasligini oldindan aytganlardan hech qanday to‘lov olinmaydi.
Guruh a’zoligi
- Har bir a’zo o‘z biznesiga ega yoki top menejer bo‘lishi shart.
- Guruh qadriyatlari va maqsadiga mos bo‘lishi kerak.
- A’zolar soni maksimal 30 kishi.
- Yangi a’zolar boshqaruv kengashi xulosasi bilan qabul qilinadi.
- Majburiyat va qoidalarga amal qilmagan a’zo 2 marta ogohlantirilgach guruhdan chetlashtiriladi.